Ekstrafor tesma – 100% xb (paxta) bo‘lib, 0.5 sm dan 5 sm gacha o‘lchamlarda bo‘ladi. Tesma asosan kardniy yoki opponent sifatlidagi iplardan tayyorlanadi. Ekstrafor tesmaning 100% poliestrli turi (repsovaya lenta) mavjud. Bu tesma ham 0.5 sm dan 5 sm gacha o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Shim tesma
Shim tesmalar 100% poliestrdan bo‘lib, asosan 1.2 sm dan 3 sm gacha o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Kant
Kant tesmasi to‘qimachilik aksessuarlari ichida noyobligi bilan ajralib turadi. Bu tesmalarga ham asosan sintetik toladan tayyorlangan iplar va paxta tolasidan tayyorlangan iplar ishlatiladi.
Arqon
Shnur(arqon)lar asosan 2 turda, ya’ni dumaloq va yassi turda ishlab chiqariladi. 100% xb li dumaloq shnurlar asosan 0.3 sm dan 1 sm gacha bo‘lgan o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Shnurlarga har xil turdagi uchlamalar qilish xizmati ham mavjud. Shnur ishlab chiqarishda ichi to‘ldirilgan (s napolnitelem) va to‘ldirilmagan (bez napolnitelem) turlari ko‘zda tutiladi.
Kiperka, Taftyan
Kiperniy lenta asosan xb iplardan to‘qiladi. Lentaga 70% xb va 30% poliestr ipidan ishlatilib to‘qilsa, uning mustaxkamligi oshib, uzilmaslik koyeffitsiyenti yuqori bo‘ladi. Sanoatda transformatorlrani ishlab chiqarishda va ta’mirlashda keng foydalaniladi. Kiperka 1.5 sm dan 5 sm gacha bo‘lgan o‘lchamlarda keng ishlab chiqariladi.
Baxrama, Krujivaya
Baxrama va krujeva. Bu maxsulotlar asosan dekaratsiya ishlarida foydalaniladi. Chaqaloqlarni tug‘ruqxonadan olib chiqish vaqtida ishlatiladigan “konvertlar” shu aksessuarlardan tayyorlanadi. Pardalarning dekaratsiya ishlariga, postellarning chetlariga, yostiqlarga va shunga o‘xshash tovarlarga Baxrama va krujeva aksessuarlari ishlatiladi. Baxrama va krujevalar ham to‘qima, ham o‘rma usullarida ishlab chiqariladi.
Mahsulotlarimiz sizni qiziqtirdimi? Biz bilan bog'laning!