Rezinka mahsulotlari
O'rma rezinka
O‘rma (trikotajniy) rezinka – tikuvchilik sohasida eng ko‘p ishlatiladigan rezinka turi xisoblanadi. Chunki ushbu rezinkaning ish samaradorligi narxiga nisbatan ancha yuqori, xamyonbop. Qo‘llanilishi nuqtai nazaridan ancha qulay, har qanday o‘lchovida ham sifatini yo‘qotmaydi. Tikuvchiga tikish ishlarida noqulaylik tug‘dirmaydi.
Trikotaj rezinka
Djakard rezinka
Djakardovie rezinkalar furnitura soxasida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu rezinkalar tikiladigan buyumlarning asosiy bir bo‘lagi sifatida qaraladi. Djakard rezinkalar buyumning yaqqol ko‘zga tashlanadigan qismlariga tikilgani bois uning sifat darajasi yuqori bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi. Unga ishlatiladigan iplarni ham sifatli bo‘lishi kerak. Rezinkaning cho‘zilishi va qaytishi, ranglarni o‘zida yorqin aks ettirishi talab etiladi.
Korset & Elastik bint
Korset va elastichniy bint boshqa turdagi rezinkalardan farqli o‘laroq tikuvchilik soxasida emas, balki tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Korset ham elastichniy bint ham tarkibiy tuzilmasi jihatdan bir xil bo‘lib, to‘qilish strukturasiga asosan farqlanadi. Korsetlar asosan sintetik tola (poliestr)lardan, elastichniy bint esa paxta tola (xb)sidan ko‘proq ishlab chiqariladi.


























